Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda kompyuter o‘yinlari yaratish va uning istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekistonda kompyuter o‘yinlari yaratish va uning istiqbollari muhokama qilindi

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov “EAST GAMES” MCHJ direktori Anatoliy Soy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda joriy yilning 20-dekabr kuni Davlat rahbari IT sohasini rivojlantirish va davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davomida belgilab bergan ustuvor vazifalari hamda kelgusida IT-korxonalar uchun taqdim etiladigan imtiyozlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

O‘z navbatida, xorijiy korxonalarni O‘zbekistonga jalb qilish, yoshlarning malakasini oshirish, IT-xizmatlar eksportini yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va mulohazalar tinglandi.

Shuningdek, Prezident videoselektor yig‘ilishida ta’kidlanganidek, 50 dan ortiq IT-mutaxassisni ishli qilgan kompaniyalarning bir yil davomidagi ish haqi xarajatlarining 15 foizgacha qismi qoplab berilishi, eksportchi korxonalarga chetdan ekspert jalb qilish, xalqaro konferensiyalarda qatnashish xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinishi aytib o‘tildi.

Uchrashuda O‘zbekistonda o‘yinlar yaratish va o‘yin sanoatini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring