Uzoq kutilgan jang 26-avgust kuni bo‘lib o‘tadi

Meta asoschisi Mark Sukerberg nihoyat Ilon Mask bilan bo‘lib o‘tadigan jangga oydinlik kiritdi. Ya’ni, u Maskga 26-avgust kuni jang o‘tkazishni taklif qildi.
Sukerbergning Threadsdagi shaxsiy sahifasida ma’lum qilishicha, u avval ham 26-avgust kuni jang qilishni taklif qilgan. Ayni damda Sukerberg janoblari Mask bilan uchrashishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Ammo u Ilon Mask bu jangga rozi bo‘lishiga shubha qilmoqda. Chunki Tesla bosh direktori hali jang sanasini tasdiqlamagan.
Qolaversa, Habib Nurmagomedovning Ilon Maskni mazkur jangga tayyorlash fikridan qaytganligi haqidagi xabarlar ham bunga asos bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter