Texnikalar uchun kafolat muddati 5 barobar oshiriladi

Yevropa Komissiyasi uskunalarni kafolatli ta’mirlash muddatini 10 yilgacha oshirishni taklif qildi. Unda maishiy elektronika uchun ta’mirlash vaqtlarini sezilarli darajada oshirish ilgari surilgan.
Unga ko‘ra Yevropada sotiladigan uskunalarning kafolat muddatini besh barobarga — 2 yildan 10 yilgacha oshirish taklif qilingan.
Mutasaddilarga ko‘ra, kafolatli ta’mirlash muddati mahsulot turiga qarab belgilanadi. Demak, smartfon sotuvchilari qurilma sotib olingandan keyin 5 yil, televizorlar – 7 yil, kir yuvish mashinalari – 10 yil xizmat ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.
Kafolat xizmatining oshishi iste’molchilarni qo‘shimcha xarajatlardan qutqaradi va maishiy chiqindilar miqdorini kamaytiradi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, yangi qonun 15 yil ichida chiqindilarni 3 million tonnaga qisqartiradi. Iste’molchilar, o‘z navbatida, taxminan 15,6 milliard yevroni tejaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter