Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Telegramda yangi qidiruv

Telegramda yangi qidiruv

Foto: Shutterstock

Bugun Pavel Durov  qidiruv tizimidagi o‘zgarishlarni e’lon qildi va ko‘p obunachilarga ega kanallar qidiruv natijalarida yuqori o‘rinni egallaganida spamerlar haqiqatdan ham tizimni suiste’mol qila boshlaganini tan oldi.

“Shuning uchun endi reytingni tuzishda faqat haqiqiy kanal obunachilarni hisobga olamiz”, – dedi Telegram rahbari.

Endi foydalanuvchi mamlakatidagi natijalarga ustunlik beriladi. Bundan tashqari, masalan, Premium obunachilari ko‘p bo‘lgan kanallar "yuqori o‘rinni egallashga moyil":

"Biroq, agar Premium obunachisi juda ko‘p kanallarga obuna bo‘lsa, bu ularga qidiruv reytinglarida unchalik katta o‘sishni ta’minlamaydi",– deb tushuntirdi Durov.

Telegram rahbari, shuningdek, ushbu o‘zgarish bo‘yicha sharhlar ko‘pchilik ijobiy ekanini qo‘shimcha qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring