Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TATUning xorijiy hamkorlari soni bittaga ko‘paydi

TATUning xorijiy hamkorlari soni bittaga ko‘paydi

Foto: Digital.uz

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Germaniyaning Nordhauzen universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

Universitetlar akademik va ilmiy yo‘nalishlarda hamkorlik dasturlarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, o‘quv va ilmiy ishlanmalar nashr etish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Ta’limning istiqbolli yo‘nalishlarida, jumladan, avtomatlashtirish va elektronika, elektrotexnika muhandisligi, kompyuter fanlari, barqaror texnologiyalar uchun sanoat muhandisligi kabi sohalar uchun qo‘shma ta’lim dasturlari asosida birgalikda kadrlar tayyorlash maqsad qilindi.

Germaniyaga tashrif davomida Nordhauzen universiteti laboratoriyalari bilan yaqindan tanishildi va ilmiy tadqiqot ishlarini birglikda amalga oshirish maqsadida universitetlar o‘rtasida “ilmiy maktab” (Research School) tashkil etishga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun: Nordhauzen universiteti (Nordhausen University of Applied Sciences) 1997-yilda tashkil etilgan, Germaniyaning Nordhauzen shahrida joylashgan, davlat universiteti hisoblanadi. Universitet muhandislik, IT, iqtisodiyot, tibbiyot va ijtimoiy fanlar yo‘nalishlarida bakalavriat va magistratura dasturlarini taklif etadi.

Universitet amaliy tadqiqotlar va sanoat hamkorligiga katta e’tibor beradi. Bu yerda talabalar uchun ishlab chiqarish bilan birgalikda tadqiqot loyihalari va ta’lim dasturlarini umumlashtirgan ko‘plab imkoniyatlar yaratilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring