Tahlilchilar: Tez orada smartfonlar uchun SSD va xotira disklari qimmatlashadi
TrendForce tahliliy kompaniyasi NAND flesh-xotira bozorida kutilayotgan o‘zgarishlar haqida hisobot e’lon qildi. Mutaxassislarning fikricha, yaqin kelajakda bunday mahsulotlarning shartnoma narxlari oshadi, bu esa qattiq disklar va mobil qurilmalar uchun xotira modullari narxining oshishiga olib keladi.
TrendForce ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning ikkinchi choragida NAND chiplarini xarid qilish hajmi birinchi chorakga nisbatan past bo‘ladi, jumladan, narxlarning 13-18 foizga oshishi hisobiga. Natijada, yetkazib beruvchilarda tovar-moddiy zaxiralar darajasi ham kamayadi.

Prognozga ko‘ra, ikkinchi chorakda eMMC xotirasi (15 foizga) va UFS (10-15 foizga) narxi oshadi. SSD va xotira modullarini ishlab chiqaruvchilar hali o‘z mahsulotlari narxini oshirish haqida rasmiy bayonotlar bermagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter