Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu yil SSDlar qimmatlashadi

Bu yil SSDlar qimmatlashadi

Foto: Addin.co.th

TrendForce tahlilchilari bu yil bozorda qattiq disklar narxi oshishini taxmin qilishdi.

Mutaxassislarning fikricha, qisqa muddatda NAND flesh-xotirasi narxi oshadi, bu esa pirovardida iste’molchi disklari narxining ko‘tarilishiga olib keladi. Aslida ular 2023 yilning ikkinchi yarmidanoq keskin ko‘tarila boshlagan.

Narxlarning oshishiga bozor yetakchilari Samsung, SK hynix, Micron kabi ishlab chiqaruvchilarning rentabellikka qaytish harakatlari sabab bo‘lgan. Agar SSDlar narxi 40 foizga oshsa, ularning biznesi zarar ko‘radi, 50 foizga o‘sishi esa kompaniyalarga pul ishlash imkonini beradi.

512 gigabayt sig‘imga ega disklar narxi olti oy ichida 120 foizga oshdi. Xuddi shu davrda 128 va 256 gigabaytli disklar narxi mos ravishda 22 va 60 foizga oshgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring