Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nima sababdan ishlab chiqaruvchilar 24 Gb tezkor xotiraga ega smartfonlarni “bekor qilish”ni boshladilar?

Nima sababdan ishlab chiqaruvchilar 24 Gb tezkor xotiraga ega smartfonlarni “bekor qilish”ni boshladilar?

Foto: 4PDA

Insayder Digital Chat Station smartfonlar bozorining hozirgi holatiga oid qiziqarli, tahliliy hisobotni e’lon qildi. Unga ko‘ra, 24 Gb tezkor xotiraga ega Android gadjetlarining "bekor qilinishi"ning asosiy sababi, talab pastligi va tobora qimmatlashib borayotgan xotira chiplari kombinatsiyasi deb ataydi. Xususan, Samsung va Micron tahlilchilarning fikricha, 2024 yilning birinchi choragida bunday mahsulotlar narxini 20 foizgacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Sanoat tahlilchilari, shuningdek, narxlarning oshishiga sabab, yaqinda NAND chiplaridan DDR4  va DDR5 DRAM  standartlariga o‘tganini ta’kidlamoqda. Shunday qilib, operativ xotira miqdorini kamaytirish mobil qurilmalarning narxini pasaytiradi.

Shuning uchun ko‘plab smartfon ishlab chiqaruvchilari allaqachon o‘zlarining flagmanlari uchun 16 Gbga qaytib kelishgan va ba’zi hollarda hatto bir xil narx segmentida 8 Gb taklif qilishadi. Bundan tashqari, insayderning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy smartfonlar yetarli xususiyatlarga ega, ularning ortishi sezilarli afzalliklarni bermaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring