Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tahlilchilar 2025-yilning eng qimmat dunyo brendlarini aniqlashdi

Tahlilchilar 2025-yilning eng qimmat dunyo brendlarini aniqlashdi

Brand Finance mutaxassislari joriy yil boshidagi brendlarning bozor qiymatining yangi reytingini e’lon qilishdi. Shu bilan birga, tahlilchilar global kompaniyalar kapitallashuvining o‘sish sur’atlarini baholab, ular orasida eng tez o‘sayotganlarini aniqladilar.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Apple ikkinchi yil ketma-ket 574,5 milliard dollar bahosi bilan jahon bozoridagi eng qimmat brend bo‘lib qolmoqda - o‘tgan yilga nisbatan 11 foizga ko‘p.  

Undan keyin Microsoft (461,1 milliard dollar, +35 foiz) va Google (413 milliard dollar, +24 foiz). To‘rtinchi o‘rinda Amazon 356,4 milliard dollar (+15 foiz), Walmart esa 137,2 milliard dollar (+42 foiz) bilan beshinchi o‘rinda.

Tahlilchilar TikTokni to‘rt yil ichida 79 foizga o‘sishni ko‘rsatib, eng tez o‘sayotgan global brend deb atadi. Ulardan keyin Amerikaning DraftKings va FanDuel kompaniyalari, birinchi beshlikni esa eng yirik yarimo‘tkazgich ishlab chiqaruvchilari – NVIDIA va AMD to‘ldiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring