Samsung Galaxy M34 5G taqdim etildi: sig‘imdor batareya, AMOLED-displey, arzon narx
Samsung kompaniyasi o‘z foydalanuvchilari talab-xohishlaridan kelib chiqib ishlab chiqqan o‘rta byudjet smartfoni — Galaxy M34 5Gni nihoyat taqdim etdi.
Smartfonning asosiy jihatlari — kameraning optik stabilizatsiyasi, 120 gersli AMOLED-displey va shu toifaga mansub smartfonlar orasidagi eng sig‘imdor akkumulyatorlardan biri.
Samsung Galaxy M34 5G smartfoniga o‘rnatilgan 6,5 dyuymli AMOLED-displey tasvirlarni Full HD+ tiniqlikda ko‘rish imkonini beradi. Ekran Corning Gorilla Glass 5 himoya oynasi bilan qoplangan. 12 Mp selfi-kamerasi uchun tomchisimon joy ajratilgan. Asosiy kamerasi optik stabilizatsiyaga ega bo‘lib, 50 Mp matritsa va fonni “yuvish uchun” qo‘shimcha 2 Mp kamerali. Qo‘shimchasiga o‘ta keng burchakli 8 Mp kamerasi ham bor.
Smartfonning apparat platformasi Exynos 1280 protsessorida ifodasini topgan. Operativ xotirasi — 6/8 GB, ichki xotirasi — 128 GB.
Akkumulyatori sig‘imi — 6000 mAsch, 25 vattli tezkor quvvatlagichi bor.
Galaxy M34 One UI qobiqli Android 13 operatsion tizimida ishlaydi, kompaniya ishontirishicha, uning uchun kelgusi to‘rt yil davomida yangilanishlar kafolatlangan.
Narxi:
- 6/128 GB — $219
- 8/128 GB — $231.
Insayder haq bo‘lib chiqdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter