RFA kompaniyasi O‘zbekistonda IT-markaz ochmoqda
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda AQShning RFA kompaniyasi delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
RFA kompaniyasi O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi va hozirda Chirchiq shahrida “Zero Risk” dasturidan foydalanishga alohida qiziqish bildirib, IT Park Uzbekistan rezidenti maqomini olishga tayyorlanmoqda. RFA raqamli xizmatlarini xorijga eksport qilish uchun mahalliy iste’dodli xodimlarni ishga olishni rejalashtirmoqda.
Uchrashuvda RFA faoliyati uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida taqdim etiladigan imkoniyatlar va qo‘shimcha chora-tadbirlar muhokama qilindi.
RFA bosh direktori Yoxan Kim O‘zbekistonda mavjud imkoniyatlar, mamlakatdagi texnologik laboratoriyalarga bo‘lgan qiziqishini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston IT-loyihalarni autsorsing qilish maqsadida yangi operatsion ofis yaratish uchun ideal joy hisoblanadi.
O‘zbekistonda IT-markazning ochilishi ikkala tomon uchun ham muhim qadamdir. Ushbu voqea O‘zbekiston uchun IT-xizmatlar sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha yangi imkoniyatlar eshigini ochadi, mamlakatning eksport salohiyatini oshiradi va yangi ish o‘rinlarini yaratadi. “RFA” uchun yangi markaz O‘zbekistonning qulay ishbilarmonlik muhitidan foydalangan holda mintaqaviy bozorga strategik kirish va IT-xizmatlar eksporti ko‘lamini kengaytirishdan iborat.
Ma’lumot uchun: RFA 800 dan ortiq xej-fondlar, xususiy kapital kompaniyalari, aktivlarni boshqarish bo‘yicha kompaniyalar va investitsiya menejerlari uchun keng qamrovli texnologik yechimlarni taqdim etishga ixtisoslashgan. Taklif etilayotgan xizmatlar orasida bulutli yechimlar, IT-xizmatlarni boshqarish, kiberxavfsizlik, ma’lumotlar bilan ishlash, ilova xizmatlari va boshqariladigan aniqlash va javob berish tizimi mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter