Referendum uchastkasini uydan chiqmasdan aniqlash imkoni bor
Referendumga ham sanoqli kunlar qoldi. Agar yashash joying yaqinida saylov uchastkalari bir nechta bo‘lsa, qaysi biriga chiqib ovoz berish savol ostida qolishi mumkin.
Ushbu masalada ortiqcha bosh qotirib o‘tirmay my.gov.uz portaliga murojaat qilsa bo‘larkan.
Buning uchun portalda alohida xizmat ishga tushirilgan bo‘lib, fuqarodan faqat biometrik pasport yoki ID-kartasining seriyasi va raqamini hamda tug‘ilgan sanasini yozish talab etiladi.
Masalan, o‘zim ham referendum uchastkamni shu yo‘l bilan aniqlab oldim: shundoqqina uyim yaqinidagi maktab tayin etilgan ekan.
Referendum uchastkasi haqidagi ma’lumotlarga operator tomonidan aniqlik kiritilishi uchun fuqaro so‘rovnomani telefon raqami va unga bepul yuboriladigan maxsus kod bilan tasdiqlashi kerak ekan. Hammasi tezda hal bo‘ldi. Mana endi referendumga tayyorman!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter