NVIDIA 2025-yil boshida birdaniga uchta yangi avlod video kartalarini taqdim etadi
Tadbirda RTX 5090, RTX 5080 va RTX 5070 modellari e’lon qilinishi kutilmoqda.
Yuqori darajadagi RTX 5090 32 GB GDDR7 xotirasini 1792 GB/s gacha o‘tkazish qobiliyati va 600 Vt quvvatga ega bo‘ladi. U 21 760 yadroli GB202 chipida quriladi.
RTX 5080 o‘tkazish qobiliyati 1 TB/s bo‘lgan 16 GB xotira va 10 752 yadroli GB203 chipi bilan jihozlanadi. Uning quvvati 400 Vt bo‘ladi.
RTX 5070 modeli 672 Gb/s gacha o‘tkazish qobiliyatiga ega 12 GB xotira va GB205 chip oladi. Ushbu video kartaning quvvati 250 Vt bo‘ladi.
Videokartalar PCIe 5.0 va DisplayPort 2.1 ni qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa yuqori unumdorlikni va zamonaviy texnologiyalar bilan mosligini ta’minlaydi.
NVIDIA issiqlik ko‘rsatkichlari va quvvat samaradorligini yaxshilashni, shuningdek, oldingi avlodga nisbatan ish tezligini sezilarli darajada oshirishni va’da qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter