Microsoft Windowsda fayllarni nusxalash va saqlash bilan bog‘liq muammolarni tan oladi

Microsoft Windows 10 va Windows 11operatsion tizimlarida bir muammo mavjudligini tan oldi.Gap fayllarni saqlash, shuningdek ularni almashish buferidan nusxalash va joylashtirish bilan bog‘liq muammolar haqida bormoqda.
Microsoft ma’lum qilishicha, ba’zi 32 razryadli ilovalar fayl saqlash va nusxalashda, ayniqsa tarmoq resurslariga nusxalashda "takroriy nosozliklar" keltirib chiqarmoqda.
Vaqti-vaqti bilan yuzaga keladigan muammo katta manzillarni qo‘llab-quvvatlaydigan va Windows 11 21H2 i 22H2 (KB5023774 yoki so‘nggi yangilanishlarni o‘rnatgandan so‘ng) yoki Windows 10 21H2 va 22H2 (KB5023773 yoki keyingi yangilanishlarni o‘rnatgandan keyin) da CopyFile API dan foydalanadigan ilovalarga ta’sir qiladi.
Microsoft Office ilovalari, jumladan Word va Excel, faqat 32 razyadli versiyalardan foydalanganda muammoga duch keladi va ta’sirlangan foydalanuvchilar "Hujjat saqlanmagan" kabi xatolarini ko‘rishlari mumkin.
Ayni paytda Windows 11 22H2 versiyasidagi nosozlikni hali tuzatmagan. Biroq kompaniyaning ta’kidlashicha, foydalanuvchilar fayllarni saqlash yoki qaytadan nusxalash orqali “yamoq”ni kutmasdan muammoni hal qilishlari mumkin. Windows 10 va Windows 11 21H2da muammo allaqachon tuzatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter