Microsoft Copilot to‘liq Windows ilovasiga aylandi
Microsoft o‘zining SI yordamchisi Copilotni Windows ilovasiga olib kelishini va SI yordamchisi belgisini kompyuter ish stolining old tomoniga ko‘chirishini e’lon qildi.
Hozirgacha Copilot belgisi ekranning pastki o‘ng burchagida "oldindan ko‘rish" degan ma’noni anglatuvchi "Pre" yorlig‘i bilan biriktirilgan edi. Ammo endi Microsoft "oldindan ko‘rish" belgisidan voz kechmoqda va Copilotni vazifalar paneli markaziga joylashtirish orqali to‘liq yetkazib beriladigan mahsulotga aylantirmoqda.
Microsoft kompaniyasining Windows Commercial mahsulot marketingi bo‘yicha katta menejeri Xarjit Dalivalning so‘zlariga ko‘ra, o‘zgarishlar "ilovaga o‘xshash yanada moslashuvchan tajribani ta’minlash" uchun qilingan. "Kundalik ish jarayonlariga muammosiz integratsiya qilish va sun’iy intellekt yordamida yordam berish uchun biz Copilotni mustaqil ilovaga aylantirishga qaror qildik", deb yozdi Dalival kompaniya blogida. "Ushbu o‘zgarish bilan Copilot foydalanuvchilari oyna o‘lchamini o‘zgartirish, siqish va ko‘chirish kabi an’anaviy ilovalarning afzalliklariga ega bo‘ladilar." Uning ta’kidlashicha, bu foydalanuvchilarga “Windowsda generativ SI bilan yanada samaraliroq o‘zaro hamkorlik qilish” imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter