Ishlanmalarni o‘g‘irlagan Apple muhandisi qo‘lga olindi
Avtomatik boshqariladigan avtomobildagi ishlanmalarni o‘g‘irlagan Apple muhandisi qamoq va jarimaga hukm qilindi.
2018-yilda Project Titan loyihasida ishlagan muhandis Syaolan Chjan Xitoyga ta’tilga ketgan va keyinroq qaytib kelmasligini ma’lum qilgan.
Xitoyga ko‘chib o‘tgandan so‘ng darhol Chjan avtonom avtomobillar ishlab chiqaradigan Xitoyning XMotors startapiga ishga kirdi va bu Apple kompaniyasini tergov boshlashga undadi.
Kompaniyaning taxminlari oqlandi: ma’lum bo‘lishicha, Chjan Appledan juda ko‘p sonli fayllar va avtomobilning bosma elektron platasining muhandislik diagrammalari bilan 25 betlik butun hujjatni ochib berdi.
Chjanga 120 kun qamoq, 3 yil nazorat ostida ozodlik va 146 984 dollar jarima belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter