Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Google bilan hamkorlik kengaymoqda

Google bilan hamkorlik kengaymoqda

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Google kompaniyasining davlat organlari bilan hamkorlik va ommaviy siyosat boshqarmasi boshlig‘i Olga Skoroxodova bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mehmonlarga IT Park faoliyati, rezidentlar uchun yaratib berilgan sharoitlar, xorijiy kompaniyalar uchun imkoniyatlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston IT va BPO sohalarini yanada rivojlantirish hamda kadrlar salohiyatini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, AKT sohasidagi ish o‘rinlari, vakolatlar va ta’lim yo‘nalishida hamkorlik bo‘yicha fikrlar almashildi.

O‘z navbatida, tajriba almashish va malakali mutaxassislar sonini ko‘paytirish maqsadida Google va O‘zbekistonning asosiy IT-kompaniyalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring