GM va Tesla hamkorligi nimalarga olib keladi?

General Motors kompaniyasi yangi GM elektromobil modellarini Supercharger tarmog‘iga ulash bo‘yicha Tesla bilan hamkorlik qilishni boshlaganini e’lon qildi.
O‘tgan oy oxirida Ford kompaniyasi ham Tesla bilan xuddi shunday shartnomani imzolagan edi.
GM bosh direktori Meri Barra kompaniya kelajakdagi elektr avtomobil modellarida NASS qo‘llab-quvvatlanishini yo‘lga qo‘yishni tasdiqladi.
Bunday avtomobillar 2025-yilda paydo bo‘ladi. GM va Ford kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektromobil egalari 2024-yildan boshlab Supercharger tarmog‘iga kirish imkoniga ega bo‘ladilar.
GM kompaniyasining maqsadi kelajakda turli narxlarda millionlab jahon darajasidagi elektromobillarni ishlab chiqarish va ularning ommaviy o‘zlashtirilishini tezlashtiradigan ekotizim yaratishdir, dedi kompaniya bosh direktori.
Supercharger tarmog‘i butun dunyo bo‘ylab taxminan 5000 EZSni o‘z ichiga oladi. Tesla AQShdagi barcha tez zaryadlovchi stansiyalar bozorining qariyb 60 foizini egallaydi.
GM va Tesla o‘rtasidagi hamkorlik e’lon qilinishi fonida har ikki kompaniyaning qimmatli qog‘ozlari qiymati 4 foizga oshdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter