Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Geymerlar eski Windows bilan tezroq xayrlashishlari kerak – Steam

Geymerlar eski Windows bilan tezroq xayrlashishlari kerak – Steam

Foto: Steampowered.com

Valve kompaniyasi Steam veb-saytida o‘yin maydonchasi kelgusi yilda Windows 7, Windows 8 uchun qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi haqida xabar joylashtirdi.

2024 yil 1 yanvardan Steam rasman Windows 7, Windows 8 va Windows 8.1 operatsion tizimlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi. Ya’ni o‘sha sanadan e’tiboran Steam mijozi yuqoridagi vindovslarda ishlamaydi. Steamda va u orqali sotib olingan har qanday o‘yin yoki boshqa mahsulotlardan foydalanishni davom ettirish uchun yangiroq versiyalarni o‘rnatish kerak.

Ayni paytda Steamda eskirgan operatsion tizimlarning ulushi 2 foiz ham chiqmaydi.

Yetakchi tizimlar — Windows 10 (65 foiz atrofida) va Windows 11 (33 foiz).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring