Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada “Audiotele” kompaniyasi autsorsing xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan xalqaro call-markaz faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda

Farg‘onada “Audiotele” kompaniyasi autsorsing xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan xalqaro call-markaz faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda

Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov Rossiya Federatsiyasida faoliyat olib boradigan, call-markaz autsorsingi xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha peshqadam bo‘lgan “Audiotele” kompaniyasi rahbari Dmitriy Faleleyev bilan uchrashdi.

Kompaniya tomonidan Toshkent shahridan so‘ng Farg‘onada ham call-markaz autsorsingi xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha o‘z filialini ochish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda kompaniya faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yishi uchun Farg‘ona shahar markazidan joy tanlab olingan.

Birinchi bosqichda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida viloyatdan ishga kirish uchun tanlab olingan 45 nafardan ortiq nomzodlarni o‘qitish va malakasini oshirish ishlari olib borilmoqda.

Uchrashuvda Vazir tomonidan ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha imkoniyatlar yetarliligi ta’kidlab o‘tildi va masofadan turib ishlay oluvchi ayollarni ish bilan ta’minlash va malakasini oshirish bo‘yicha ham alohida takliflarni bildirib o‘tdi.

Rossiya Federatsiyasining qator shaharlarida o‘z kontakt-markazlariga ega bo‘lgan, 4 ming nafardan ziyod xodim faoliyat olib borayotgan “Audiotele” kompaniyasi tomonidan 2022-yilda mamlakatimizda tashkil etilgan “Voice solutions VB” MChJ O‘zbekistondagi IT Park rezidenti hisoblanadi.

Kompaniya tomonidan 2024-yil yakuniga qadar viloyatdagi 150 nafardan ortiq yoshlarni ish bilan ta’minlash hamda 1 mln AQSh dollari miqdorida xizmatlar eksportini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring