Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Facebook o‘z logotipini o‘zgartirdi

Facebook o‘z logotipini o‘zgartirdi

Foto: Theverge.com

Meta kompaniyasi Facebookning identifikatsiya tizimini yangilamoqda. Qisqa qilib aytganda, u Facebook logotipiga bir qator o‘zgartirishlar kiritdi.

Umuman olganda, logotip avvalgisidan deyarli farq qilmaydi, faqat rangiga biroz quyuqroq ishlov berilgan va kichik "f" harfiga bir nechta o‘zgartirishlar kiritilgan.

Kompaniyaning maqsadi yanada aniq va yorqin bo‘lgan yangi dizayn yaratish edi. Har bir o‘ziga xos takomillashtirish ilova identifikatorining asosiy elementi sifatida butun dizayn bo‘ylab ko‘proq uyg‘unlikni ta’minlaydi.

Shu bois ham kompaniya Facebook logotipiga u qadar katta o‘zgartirish kiritmadi. Shunchaki Facebookning asosiy ko‘k rangini yanada to‘qroq qildi.

Shuningdek, Facebook so‘ziga ham Sans nomli maxsus shrift yordamida ishlov berildi. Bu esa mashhur so‘zning o‘qilishini yanada osonlashtirishga yordam beradi.

Meta Facebook dizayniga yanada ko‘proq o‘zgarishlar kiritishni rejalashtirmoqda. Kompaniyaning aytishicha, siz ayni damda ko‘rayotgan qisman o‘zgartirilgan logotip yangilangan identifikatsiya tizimining birinchi bosqichi bo‘lib, Facebook foydalanuvchilarini oldinda ham ko‘p yangiliklar kutmoqda!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring