Eng so‘nggi MEIZU smartfoni

MEIZU kompaniyasi 29-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan tadbirda taqdim etiladigan MEIZU 21 Pro flagman smartfonining suratini rasman e’lon qildi. Hozircha bu haqda tafsilotlar kam.
Telefon 6,79 dyuymli ekran bilan jihozlangan bo‘lib, bir qo‘lda qulay ishlashni ta’minlaydi. 80 Vtgacha tez zaryadlash imkoniyati mavjud.
Bu MEIZUning so‘nggi smartfoni bo‘ladi. Kompaniya avvalroq to‘xtatish qarorini e’lon qilgan edi. Yangi smartfonlar ishlab chiqish o‘rniga MEIZU sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan “ertangi qurilmalar”ni ishlab chiqish va yaratishga e’tibor qaratadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter