Eng kuchli elektromobil – BMW i7 M70 xDrive sizniki bo‘lishini istarmidingiz?

BMW kompaniyasi BMW i7 M70 xDrive to‘liq o‘lchamli 7-seriyali elektr sedanini taqdim etdi. Ma’lumot uchun u Bavariya avtomobil ishlab chiqaruvchisi assortimentidagi eng kuchli elektromobil hisoblanadi. Yangi avtomobil yuqori quvvatga ega bo‘lib, soatiga 250 km tezlikda harakatlana oladi.
BMWning 7 seriyali avtomobillari har doim o‘zining keng ichki maydoni va haydash qulayligi bilan mashhur bo‘lib kelgan va endi eng so‘nggi elektr versiyasi avtomobil ishlab chiqaruvchining "eng kuchli" elektromobilidir.
BMW elektromobillari orasida o‘tgan yili eng ko‘p sotilgan model 4-Series elektr sedanining kuchli versiyasi bo‘lgan BMW i4 M50 bo‘ldi. Endi kompaniyada elektr quvvati bilan ishlaydigan uchta model, jumladan, tezroq BMW iX M60 SUV va yangi i7 M70 ham mavjud.
BMW i7 M70 ikkita elektrodvigatelga ega, shuningdek, to‘liq g‘ildirakli uzatma tizimi (AWD), 1100 Nm gacha aylanish momentiga va 660 ot kuchiga ham ega. Ayniqsa, orqa aks dvigatelining quvvat zichligi 2,41 kVt/kg bo‘lib, u BMW portfelidagi eng dinamik elektr motoriga aylanadi. BMW i7 M70 0 dan 100 km/soat tezlikka atigi 3,7 soniyada erishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter