Davlat bayrog‘ining 32 yilligi munosabati bilan “O‘zbektelekom” AK davra suhbati o‘tkazdi
Ertaga, 18-noyabr — O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 32 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan “O‘zbektelekom” AK davra suhbati tashkillashtirdi.
Tadbir kompaniyaning jami xodimlarini qamrab oldi — ijroiya apparatidan, yoshlar yetakchilari, faol yoshlar, qolaversa, videokonferensaloqa tizimi orqali hududiy filiallarning xodimlari ishtirok etishdi.
Kompaniya kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Baxtiyor Jo‘rayev “O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun va uning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng, davra suhbatining mehmoni — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Baxtiyor Maniyozov hamda yuridik fanlar doktori, dotsent Ma’rufjon Tojiboyev mustaqil davlatchilikda davlat bayrog‘ining tutgan o‘rni xususida so‘z yuritishdi.

Har bir davlat ramzi singari, davlatimiz bayrog‘i ham xalqimizning shon-sharafi, g‘ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassamlashtirgan, unda mamlakatimiz hududida tarixdan mavjud bo‘lgan eng yaxshi an’analar va xalqimizning milliy, madaniy sohalardagi o‘zligi aks etganligi alohida ta’kidlandi.



Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter