Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chegarasiz imkoniyatlar: birgalikda inklyuziya uchun!

Chegarasiz imkoniyatlar: birgalikda inklyuziya uchun!

Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash, bunda davlat idoralari va tijorat banklari bilan hamkorlik qilish orqali 21 000 nafar shaxsni ish bilan band qilish bo‘yicha yangi tizim ishga tushirildi. 


Bugungi kunga kelib jami e’lon qilingan vakansiyalar soni 52 775  tani, ishga qabul qilinganlar soni esa  3 281 kishini tashkil etmoqda. Xususan, Raqamli texnologiyalar vazirligiga ushbu tizim doirasida kvota bo‘yicha 200 ga yaqin bo‘sh ish o‘rni uchun kvota berilgan.

  
Xususan, bugun ilk marotaba, Raqamli texnologiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiylashuvini ta’minlash va ularni ishga joylashtirish masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 


Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – nogironligi bo‘lgan shaxslarni Raqamli texnologiyalar vazirligi  va tizim tashkilotlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari hamda IT sohasidagi yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishtirish va ijtimoiy integratsiyasini yaxshilash. 
Tadbirni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ochib berdi. 
“Inklyuziya — bu shunchaki so‘z emas, balki mamlakatimiz raqamli kelajagining asosiy tamoyilidir. Bizning maqsadimiz — raqamli texnologiyalarning afzalliklaridan barcha fuqarolarning, ularning o‘ziga xosligidan qat’i nazar, teng foydalanishini ta’minlash va ularning ijtimoiy hayotda faol ishtirokini rag‘batlantirish. Biz raqamlashtirish orqali insonlar hayotini yaxshilash va qo‘shimcha daromad topish imkoniyatlarini kengaytirishga intilamiz,” – dedi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov.


Dastur doirasida ishtirokchilar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlari mavjudligini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslar va strategiyalar bilan tanishdilar. Shuningdek, IT-sohasidagi bo‘sh ish o‘rinlari va karera istiqbollari haqida ma’lumot berildi, soha vakillari esa mavjud yuqori maoshli lavozimlar to‘g‘risida axborot ulashdilar. Aholining ushbu qatlami bilan ishlaydigan kompaniyalar, shuningdek, maxsus imkoniyatlarga ega bo‘lgan va ishga joylashgan shaxslar o‘z tajribalari haqida so‘zlab berishdi.
Shuningdek, agentlik, “Sharoitplus” NNT tashkilotlari tomonidan taqdimotlar namoyish qilinib, o‘tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. 


Tadbir so‘nggida ushbu yo‘nalishda hamkorlik tarmoqlarini kengaytirish va bildirilgan takliflar asosida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar rejasini tasdiqlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbir doirasida vazirlikning tizim korxonalari nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. 
Tadbirda “IT Community of Uzbekistan” hamjamiyati volonterlari ham ishtirok etishdi.


Tadbir davomida bo‘lishilgan taqdimotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
ChEGARASIZ IMKONIYaTLAR: BIRGALIKDA INKLYuZIYa UChUN!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring