“BILLZ”ning Qozog‘istondagi muvaffaqiyati O‘zbekiston IT kompaniyalarining jahon miqyosida raqobatbardoshligini namoyon etmoqda

Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyaning Olmaotaga tashrifi doirasida “Smart Point” innovatsion markazida O‘zbekistonda asos solingan va Qozog‘iston bozorida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan “BILLZ” kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
“BILLZ” chakana biznesni boshqarish uchun yetakchi raqamli platforma hisoblanib, Qozog‘istonda o‘z faoliyatini jadal kengaytirmoqda.
Uchrashuv davomida kompaniyaning asosiy yutuqlari, mijozlar bazasining o‘sishi, hamkorlik loyihalari va innovatsion xizmatlari muhokama qilindi.
“BILLZ”ning Qozog‘istondagi muvaffaqiyati O‘zbekiston IT kompaniyalarining yuqori eksport salohiyati, texnologik yetuklik darajasi va jahon miqyosidagi raqobatbardoshligini namoyon etmoqda.
Uchrashuv mobaynida IT Park Uzbekistan kompaniyaning xalqaro maydondagi sezilarli yutuqlari ta’kidlabnib o‘tildi hamda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qo‘llab-quvvatlash choralarini muhokama qilindi.
Smart Point Almaty — "Almaty Towers" biznes markazida joylashgan yetakchi kovorking maydoni va IT-Hub hisoblanadi.
Loyiha biznes uchun zamonaviy infratuzilma, ijodiy platformalar va ijtimoiy tashabbuslarni birlashtirgan holda, startaplar, IT kompaniyalar va frilanserlar uchun qulay ekotizim yaratadi.
“Smart Point Almat” markazida “EasyTap”, “Kwaaka”, “Sabre”, “ioka” kompaniyalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Sessiya doirasida Qozog‘iston startaplari o‘z mahsulotlarini, jumladan, fintech yechimlari, bulutli platformalar va elektron tijoratni avtomatlashtirish vositalarini taqdim etdilar.
Ta’kidlash joizki, ushbu yechimlar logistika zanjirlarini raqamlashtirish, chakana savdo uchun sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish va to‘lov ekotizimlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Bu esa xorijiy texnologiya kompaniyalari uchun qiziqarli bo‘lishi va kelajakda yangi xalqaro hamkorliklar uchun imkoniyat yaratishi mumkin.
Olmaotadagi uchrashuv ikki mamlakat biznesining qo‘shma texnologik tashabbuslarga va yangi bozorlarga chiqish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirishga qiziqishi ortib borayotganini tasdiqladi.
Ushbu hamkorlik nafaqat Markaziy Osiyoning yangi global o‘yinchi sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi, balki kengayish uchun yangi imkoniyatlar yaratib, Markaziy Osiyoning yagona raqamli ekotizimini shakllantirishga yo‘l ochadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter