Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maxfuza Ro‘yiddinova

«Kema uchun eng xavfsiz hudud – qirg‘oq. Ammo u buning uchun yaratilmagan».

Amiti universitetida ilk bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi (video)

Bugun, 25-aprel kuni Toshkent shahridagi Amiti universitetida tantanali bitiruv marosimi o‘tkazildi. Unda talabalar ilk bakalavr diplomlari bilan taqdirlanishdi.

Tantanali marosimda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov so‘zga chiqdi.

“Sizlar uchun haqiqiy hayot endi boshlanmoqda. O‘qish davomida sarmoya kiritib, sizni qo‘llab-quvvatlagan ota-onangiz ishonchini oqlaydigan paytingiz keldi. Yelkangizda katta mas’uliyat turibdi. Siz erishadigan mavaffaqiyatlarga qarab, keyingi yosh avlod ham ushbu universitetga ishonch bildirib, o‘qishga intilishga harakat qiladi. Hammangizni kelajakda ulkan muvaffaqiyatlarga erishishingizni tilayman. Buning uchun yurtimizda juda katta imkoniyatlar mavjud”, — dedi Raqamli texnologiyalar vaziri.

2023-yilda Toshkent shahridagi Amiti universitetida 150 nafarga yaqin talabalar bakalavr darajasini olishga muvaffaq bo‘lishdi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, 80 foiz bitiruvchilar ish bilan ta’minlangan bo‘lib, ular orasida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ishlayotganlari ko‘pchilikni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun: Toshkent shahridagi Amiti universiteti O‘zbekiston prezidentining 2019-yil 7-yanvardagi farmoni bilan tashkil etilgan va o‘quv yili 2019-yildan boshlangan. Dastlab bakalavr dasturi asosida axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, turizm boshqaruvi, biznes boshqaruvi va kompyuter bilimlari va muhandisligi hamda Xalqaro umumta’lim bosqichi (International Foundation studies) yo‘nalishlarida talabalar qabul qilingan.

Dunyoning yetakchi universitet reytingi tashkilotlari bo‘lgan QS va TNE ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda Amiti universiteti dunyodagi eng yaxshi universitetlarning 3 foiziga kirgan. Bundan tashqari, AQSh va Buyuk Britaniyaning mintaqaviy akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan Osiyodagi yagona universitetdir.

Toshkent shahridagi Amiti universitetida ayni paytda 750 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Bitiruvchilar Amiti universiteti (Hindiston)ning namunaviy diplomi bilan taqdirlanadi, u O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring