Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Wi-Fi o‘rnini Li-Fi egallaydi. Uning qanday afzalliklari bor?  

Wi-Fi o‘rnini Li-Fi egallaydi. Uning qanday afzalliklari bor?  

Foto: Hi-tech.mail.ru

Barselonadagi MWC 2023 ko‘rgazmasida yangi texnologiya namoyish etildi. U Li-Fi bo‘lib, Wi-Fi o‘rnini egallaydi, to‘g‘rirog‘i kamchiliklarini to‘g‘irlaydi. Wi-Fi berolmagan tezlikka Li-Fi bilan erishish mumkin.

Yangi texnologiya Amerikaning pureLiFi kompaniyasi tomonidan taqdim etilmoqda. U ma’lumotlarni radiochastota emas, infraqizil nurlar orqali yetkazadi. Router xonaga, masalan tepadagi chiroqqa o‘rnatiladi.

Yaxshi tomoni - o‘g‘rincha ulanib bo‘lmaydi. Chunki undan foydalanish uchun uy ichiga kirish shart. Demak, jamoat joylarida Wi-Fi ta’minoti zarurligicha qolaveradi va shu sabab u tamoman tarixga aylanmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring