Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Videoqo‘ng‘iroq funksiyasiga ega bolalar soati

Videoqo‘ng‘iroq funksiyasiga ega bolalar soati

Foto: Ixbt.com

Xiaomi Mi Rabbit Kids Phone Watch C7A aqlli soatini taqdim etdi. U bolalarga atalgan bo‘lib, videoqo‘ng‘iroq imkoniyati mavjud.

Soat 240 x 240 pikselga teng 1,4 dyuymli ekran, SIM-karta uchun joy, 4G tarmog‘i ta’minotiga ega. Shunday ekan, bolajonlar ota-onalari va do‘stlari bilan videoqo‘ng‘iroq orqali aloqaga kirisha oladilar.

Qurilma suvga chidamli, GPS hamda Xiaoai ovozli yordamchisi bilan ishlaydi. Akkumulyatori sig‘imi 950 mA•s. Soatning og‘irligi 54,8 gramm.

Unga ilovalarni xohishga ko‘ra yuklab olish mumkin. Narxi hozircha ma’lum qilinmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring