Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatida mobil aloqa qamrovi 98 foizga yetkazildi

Toshkent viloyatida mobil aloqa qamrovi 98 foizga yetkazildi

Foto: “O‘zbektelekom” AK axborot xizmati

Toshkent viloyatida mobil aloqa va mobil internet qamrovini kengaytirish hamda sifatini yanada yaxshilash maqsadida qo‘shimcha 451 ta baza stansiyasi o‘rnatilib, 111 tasi modernizatsiya qilindi. Bu orqali viloyatdagi aholi yashash maskanlarining mobil aloqa qamrovi bilan ta’minlanish darajasi bugungi kunda 98 foizga yetkazildi, deyiladi “O‘zbektelekom” AK axborot xizmati bergan xabarda

Xabarga ko‘ra, “O‘zbektelekom” AKning Toshkent filiali tomonidan joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyi mobaynida viloyat bo‘yicha 4,8 ming kilometr uzunlikdagi optik tolali aloqa liniyalari qurilib, 44,7 ming portga teng telekommunikatsiya uskunalari o‘rnatilgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida aholi yashash maskanlarining optik tolali aloqa liniyalari bilan qamrab olinish darajasi 93,3 foizga olib chiqilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring