Tesla 130 kg og‘irlikdagi batareya taqdim etdi

Tesla kompaniyasi uy quvvatini zaxira qilish tizimini taqdim etdi. U Powerwall 3 deb nomlanadi va quyosh panellari uchun o‘rnatilgan invertorga ega, bu esa tizimga ulashni osonlashtiradi.
Yangilangan Powerwall 3 batareyasining o‘lchamlari 110 × 61 × 19,3 sm, og‘irligi 130 kg. Vizual ravishda, yangi mahsulot avvalgilariga nisbatan biroz o‘zgargan. Tesla yozuvi "T" harfi ko‘rinishidagi logotip bilan almashtirildi. Batareya quvvati 13,5 kVt/soat.
Kompaniya Powerwall 3 akkumulyatorining narxini oshkor qilmadi. Mahsulotning birinchi yetkazib berishi 2024-yildan boshlanadi, biroq bu orada Powerwall 2 va Powerwall Plus akkumulyatorlarini quyosh panellari bilan yoki quyosh panellarisiz sotib olishga $500 chegirma taklif qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter