Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Telegramda katta yangilanish! Eng muhim va ajoyiblariga to‘xtalamiz

Telegramda katta yangilanish! Eng muhim va ajoyiblariga to‘xtalamiz

Foto: Telegram.org

Telegram messenjeri katta yangilanishni amalga oshirdi — Telegram 10.3 da paydo bo‘lgan katta-kichik o‘zgarishlar darhol ko‘zga tashlanadi. Bepul foydalanuvchilar uchun yoqimli bonuslar ham yo‘q emas. Hammasiga birma-bir to‘xtalamiz.

O‘xshash kanallar

Endi o‘zingiz uchun yangi kanallar kashf etishingiz yanayam oson. Bironta kanalga a’zo bo‘lgan foydalanuvchiga o‘xshash ochiq kanallar ro‘yxati taqdim etiladi. Ular avtomatik tarzda, o‘xshash auditoriyasiga qarab paydo bo‘ladi.

“Stories”ni qayta postash

Endi do‘stlaringizning “Stories”larini o‘zingizga qayta postlashingiz mumkin. Shuning barobarida uni o‘zingizning matningiz, audiongiz va hatto videosharhingiz bilan to‘ldira olasiz, qolaversa, qayta postlashni ko‘rishi mumkin bo‘lgan foydalanuvchilarni tanlasa bo‘ladi.

“Perepost” qilish uchun qayta jo‘natish tugmasini bosib, “Storiesni qayta jo‘natish”ni tanlang. Bu funksiya faqat “Hamma uchun storizlar” bilan ishlaydi.

“Stories”da videoxabarlar

Endi “Stories” ustida o‘z sharhingiz qo‘shilgan videoxabarlarni joylay olasiz. Bu xuddi xabarlardagi kabi doiracha ko‘rinishida bo‘ladi.

Bu videoxabarlarni tahrirlasa bo‘ladi: o‘lchamini o‘zgartirish, ekranning istalgan nuqtasiga siljitish, qachon boshlanib qachon tugashini belgilash mumkin.

Profil ranglari

Bugundan boshlab Telegram Premium obunachilari, sahifasining o‘ziga xosligini yanada urg‘ulash uchun, logotiplariga o‘ziga xos ranglarni uyg‘unlashtirishlari mumkin bo‘ldi.

Quyidagicha o‘zgartiriladi: Sozlamalar -> Chat sozlamalari -> Android dagi o‘z ranglarini o‘zgartirish yoki Sozlamalar -> Rasmiylatishish -> iOS dagi shaxsiy ranglar.

Kanallar uchun “Stories” statistikasi

O‘z storizlarini e’lon qiluvchi kanallarning adminlari uchun ularni tomosha qilishlar, qayta ulashishlar, ularga munosabatlar statistikasi ochildi. Grafiklarda aks ettiriluvchi bu ma’lumotlar orqali auditoriyaning faolligini kuzatish, foydalanuvchilarning har bir storizga munosabatini oson bilib olsa bo‘ladi.

Kanallarda munosabat bildirish uchun emodzilar to‘plami

Endi standart munosabatlardan tashqari, foydalanuvchilar to‘plamidagi emodzilardan ham foydalansa bo‘ladi — kanalning har bir darajasi uchun bittadan nostandart reaksiya. Ushbu element kanal admini tomonidan boshqariladi.

Va shuningdek:

  • alohida chatlar uchun oboylar o‘rnatish mumkin bo‘ldi, ular faqat ikki suhbatdoshga ko‘rinadi (Premium-foydalanuvchilar uchun);
  • ovozli xabarlar rasshifrovkasi (ovozni matnga aylantirish) endi bepul foydalanuvchilarga ham ochildi, faqat undan haftasiga ikki martagina foydalanish mumkin;
  • endi xabarlarda kod “podsvetkasi” paydo bo‘ldi, uni avtomatik tanish funksiyasi ham ishga tushdi;
  • endi Telegram mavzuli guruhlarga kirganda aks ettirish rejimini eslab qoladi — yagona chat yoki alohida mavzular ko‘rinishida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring