Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tarjimon-dastur startapi $1 mlrd.ga baholanishi kutilmoqda

Tarjimon-dastur startapi $1 mlrd.ga baholanishi kutilmoqda

Foto: Bloomberg

Yaponiyada ommalashgan tarjimon-dastur ishlab chiqaruvchisi — Pocketalk Corp. 2 yildan so‘ng Amerikaning Nasdaq birjasiga qimmatbaho qog‘ozlarini joylashtirmoqchi. Bloomberg yozishicha, yapon kompaniyasi aksiyalari $1 mlrd.ga baholanishi mumkin.

Pocketalk Corp. Tokioning Sourcenext Corp. kompaniyasidan ajralib chiqqan bo‘lib, 85 tilga tarjima qiluvchi portativ (ixcham) qurilmalar sotish bilan shug‘ullanadi. Startapga asos solingan 2017-yildan buyon 1,1 mln dona qurilma sotildi, uning so‘nggi Pocketalk S modeli $249 dan sotilmoqda.

Uch yil davomida kompaniya SoftBank Group Corp. bilan hamkorlikda 11 ta yana 1 mln dona qurilmasini sotishni rejalashtirgan.

Qimmatbaho qog‘ozlar chiqarilishi haqidagi e’londan so‘ng ona kompaniya — Sourcenext aksiyalari narxi Tokio birjasida 10 foizga qimmatlashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring