Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Redmi K60 Ultra smartfonining global versiyasi boshqacha nom bilan chiqdi

Redmi K60 Ultra smartfonining global versiyasi boshqacha nom bilan chiqdi

Foto: Ferra

Xiaomi kompaniyasi Redmi K60 Ultra smartfonining global versiyalarini chiqardi. Faqat ular Xiaomi 13T va 13T Pro deb nomlandi. Ikkala qurilma ham yaxshilangan kamera, suv va changga chidamliligi uchun IP68 sertifikatiga ega.

Xiaomi 13T smartfoni Dimensity 8200 Ultra chipseti, 144 Gs yangilanish tezligiga ega 6,67 dyuymli OLED displey va 50 MP asosiy kamera bilan jihozlangan. Narxi 8/256 GB versiyasi uchun 650 yevrodan boshlanadi.

Xiaomi 13T Pro esa yanada kuchliroq Dimensity 9200+ protsessoriga ega va 120 Vt tez quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu sizga qurilmani atigi 19 daqiqada 0 dan 100 foizgacha quvvatlash imkonini beradi. Ushbu modelning boshlang‘ich narxi 12/256 GB versiyasi uchun 800 yevro.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring