Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli san’at asarlari kayfiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi

Raqamli san’at asarlari kayfiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi

Foto: Hightech.plus

Xalqaro tadqiqot guruhi chiqargan xulosaga ko‘ra, san’at asarlarini onlayn tomosha qilish kayfiyatni yaxshilaydi va tashvishlarni kamaytiradi. Raqamli ommaviy axborot vositalarida san’at salohiyati muhim. Chunki ba’zi odamlar, masalan, sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar bois muzeylarga tashrif buyura olmaydi.

Tadqiqot davomida 240 nafar ishtirokchi Google Arts and Culture tomonidan Klod Monening interaktiv badiiy ko‘rgazmasini onlayn tomosha qildi. Ular so‘rovnomani to‘ldirgandan so‘ng, o‘zlarining ruhiy holatlari haqida xabar berishdi.

Natijalar bir necha daqiqa tomoshadan keyin kayfiyatning sezilarli darajada yaxshilanganini ko‘rsatdi. Badiiy va estetik sezgirligi yuqori odamlar san’atni onlayn ko‘rishdan ko‘proq zavq olarkanlar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring