ChatGPTga roman yozdirgan yozuvchiga mukofot berishdi
Yaponiyaning eng nufuzli adabiy mukofotlaridan biri - Akutagava mukofoti sovrindori, yozuvchi Rie Kudan matbuot anjumanida uning “Tokio hamdardlik minorasi” romani ChatGPT chat-botidan foydalangan holda yaratilganini tan oldi.
Neyrotarmoq bilan suhbatlar uni kitobdagi dialoglarning bir qismini yozishga ilhomlantirgan. Roman kelajakdagi Tokio haqida hikoya qiladi. Albatta, asar to‘lig‘icha emas, qisman sun’iy intellekt yordamida yozilgan. Voqealar rivojini Rie Kudanning o‘zi o‘ylab topgan. Ammo gap shundaki, u neyrotarmoqni hammuallif sifatida ko‘rsatmagan.
Nufuzli Akutagava mukofotini topshiruvchi Yapon adabiyotini targ‘ib qilish assotsiatsiyasi hozircha bu masalaga munosabat bildirmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter