Yozuvchilar OpenAI va Microsoftni intellektual mulkni o‘g‘irlashda ayblamoqda
Yozuvchilar Nikolas Basbeyns va Nikolas Geyjlar Manxetten federal sudiga Microsoft va OpenAIga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qilishdi. Ular kompaniyalarni o‘z adabiy asarlaridan mualliflarning roziligisiz sun’iy intellekt modellarini, jumladan, GPT oilasini o‘qitish uchun foydalanganlikda ayblamoqda.
Yozuvchilarning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt modellarini o‘qitish uchun noqonuniy ravishda ishlatilgan. Ular Microsoft va OpenAI mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarlarni ommaviy va qasddan o‘g‘irlash bilan shug‘ullanganini da’vo qilishmoqda.
Sun’iy intellekt vositalari so‘zma-so‘z takrorlanadigan, sinchkovlik bilan umumlashtiruvchi va hattoki materiallarning ekspressiv uslubiga taqlid qiluvchi matnlarni yaratishi mumkin.
Ushbu da’volar ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish uchun intellektual mulk ob’yektlaridan foydalanishda aniq qoidalar va axloqiy me’yorlar zarurligini ko‘rsatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter