Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qualcomm sun’iy yo‘ldosh ulanishiga ega Snapdragon 8 Gen 3 protsessorini chiqaradi

Qualcomm sun’iy yo‘ldosh ulanishiga ega Snapdragon 8 Gen 3 protsessorini chiqaradi

Foto: wccftech

Insayder Digital Chat Station xabar berishicha, Qualcomm kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh aloqalarini qo‘llab-quvvatlaydigan yangi Snapdragon 8 Gen 3 protsessorini sinovdan o‘tkazadi. Yil boshida ishlab chiqaruvchi modem asosidagi Snapdragon Satelliteni taqdim etgan edi, biroq bu protsessor bilan jihozlangan smartfonlarning hech biri sun’iy yo‘ldosh aloqasini qo‘llab-quvvatlamaydi.

Insayder qaysi smartfonlar Soc Snapdragon 8 Gen 3ga ega bo‘lishi haqida gapirmadi. Ammo, katta ehtimol bilan bu Samsung smartfonlari bo‘lishi mumkin.

Smartfonlarni sun’iy yo‘ldosh aloqasi bilan jihozlash bo‘yicha flagmani Apple hisoblanadi. Ehtimol, raqobatchilar shunga o‘xshash yechimlarni izlashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring