OnePlus 12 flagmanida uzoq kutilgan funksiya paydo bo‘ladi

OnePlus 11 5G
Nufuzli insayder Yogesh Brar navbatdagi OnePlus flagman smartfoni 2023-yilda taqdim etilishiga ishonmoqda. Aytishicha, ushbu smartfonda foydalanuvchilar uzoq kutgan funksiya ishga tushadi.
Demak, insayderga ko‘ra, bo‘lg‘usi flagman OnePlus 12 nomi ostida taqdim etiladi, 6,7 dyuymli OLED-displeyi Quad HD (1440p) yechimga va 120 Gs yangilanish chastotasiga ega bo‘ladi.
Smartfon yangi va kuchli Qualcomm Snapdragon 8 Gen 3 protsessorida ishlaydi. Akkumulyatori — 5 000 mAs, 100 Vt tezkor quvvatlash texnologiyasi qo‘llaniladi.
Eng katta o‘zgarishlar kameralarda bo‘lishi kutilyapti. Asosiy va ultrakeng burchakli kameralar 50 Mp, telekamera vazifasini bajaruvchi uchinchi modul esa periskop opb’yektivli 64 Mp bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Agar ushbu taxmin chinga aylansa, OnePlus 12 brendning shu turdagi ob’yektiv o‘rnatilgan ilk smartfoniga aylanadi. Bu esa olisdan turib ham sifatli fotosuratlar olish imkonini beradi.
Taqdimot shu yilning dekabrida Xitoyda bo‘lishi kutilyapti, smartfon keyinchalik xalqaro bozorlarda ham paydo bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter