Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nihoyatda tartibli kishilarda bu narsa albatta bo‘lishi shart!

Nihoyatda tartibli kishilarda bu narsa albatta bo‘lishi shart!

Foto: Hi-tech

Gadjetlar ishlab chiqaruvchi mashhur Logitech kompaniyasi noutbuk stendiga aylanadigan yig‘ma organayzerni ishlab chiqardi.

Nihoyatda tartibli kishilar uchun mo‘ljallangan yangi qurilma Casa Pop-Up Desk deb nomlanadi. Ko‘rinishidan g‘ilofni eslatuvchi mazkur qurilma ochilganda noutbuk stendiga aylanadi.

Odatda, ushbu moslamaga Windows va Mac noutbuklarini o‘rnatishingiz mumkin. Ya’ni, ularning diagonali 17 dyuymdan oshmasligi, vazni esa 7,5 kilogrammgacha bo‘lishi kerak.

Ushbu moslama ustiga nafaqat noutbuk, balki kichik gadjetlarni, jumladan, ofis materiallari va quvvatlovchi qurilmalarni ham qo‘yishingiz mumkin. Casa Pop-Up Deskni kompaniya veb-saytidan deyarli 2 million 800 ming so‘mga sotib olishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring