Microsoft buklanadigan smartfonlardan voz kechganga o‘xshaydi

Microsoft o‘zining ikki ekranli va buklanadigan Surface Duo smartfonidan voz kechayotgan ko‘rinadi. Boisi kompaniya o‘tgan yil oktyabr oyidan beri hech qanday dasturiy yangilanish yoki qurilma uchun yangi funksiyalar chiqarmagan.
Surface Duo uchun chiqarilgan so‘nggi Android 12L yangilinishida tuzatilishi kutilayotgan muammolar bor edi, ammo ular ham shundoqligicha qolmoqda.
Microsoft ushbu smartfonni qo‘llab-quvvatlashda davom etadimi yoki qurilmadan butunlay voz kechiladimi - noma’lumligicha qolmoqda. Uni sotib olgan mijozlar to‘g‘ri tanlov qildimmikin, deya ikkilanib qoldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter