Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meizu kompaniyasi uzoq kutilgan flagmanini taqdim etdi — Meizu 21

Meizu kompaniyasi uzoq kutilgan flagmanini taqdim etdi — Meizu 21

Foto: Meizu

Meizu kompaniyasi nihoyat uzoq kutilgan flagmani — Meizu 21 ni taqdim etdi.

Meizu 21 smartfonida dizayn sohasidagi an’ana davom ettirilib, ekran atrofidagi romlar o‘ta ingichkalashtirilgani birinchi navbatda ko‘zga tashlanadi.

Flagmanga Samsung tomonidan ishlab chiqarilgan 6,55 dyuymli OLED-displey o‘rnatilgan, uning yangilanish sur’ati 120 Gs bo‘lib, 1800 nitgacha yorqinlikni ta’minlaydi.

Flagman kamerasi — alohida mavzu: bosh sensori 200 Mp (buni ham Samsung chiqargan), kompaniya kameraning tez ishlashi va unda olingan suratlar ajoyib sifatga ega bo‘lishini vada bermoqda.

Qolaversa, asosiy kamera 12 Mp ultrakengburchakli ob’yektiv va 5 Mp chuqurlik datchigi bilan ham boyitilgan, bu esa Meizu 21 ni mobil fotografiyaga qiziquvchilar uchun ideal tanlovga aylantiradi.

Smartfon, eng so‘nggi rusumdagi kuchli protsessor — Snapdragon 8 Gen 3 o‘rnatilgani bois, yuqori tezlik va samaradorlik ko‘rsata oladi.

Akkumulyatori — 4800 mAs, 80 Vt tezkor quvvatlagichga ega, to‘liq quvvat olishga atigi 40 daqiqa sarflaydi.

Meizu 21 smartfoni 5 dekabrdan Xitoyda qora, binafsharang, yashil va oq ranglarda sotuvga chiqadi.

Narxi:

  • 8/256 Gb — 3399 yuan ($480 atrofida);
  • 12/512 Gb — 3999 yuan ($565 atrofida.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring