Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ko‘zga kamroq zarar keltiradigan monitor

Ko‘zga kamroq zarar keltiradigan monitor

Foto: 3dnews

Dell kompaniyasi UltraSharp 40 Curved Thunderbolt Hub monitorini taqdim etdi. U ko‘zning toliqib qolishi va zo‘riqishini kamaytirishga yordam beruvchi texnologiyaga ega.

Monitordagi silliq tasvir dinamikasi 120 Gs yangilanish tezligi bilan ta’minlanadi. Ekran yorqinligi va rang haroratini sozlashga yordam beradigan atrof-muhit yorug‘ligi sensoriga ega. Ushbu choraning o‘zi ko‘z charchoq belgilarini 17 foizga kamaytirarkan. Shuningdek, ComfortView Plus texnologiyasini yangiladi, bu esa moviy nur ta’sirini 35-50 foizga kamaytirdi.

Texnik xususiyatlari: o‘lchamlari 5120×2160 piksel, yangilanish tezligi 120 Gs, chiqish 1,07 milliard rang qamrovi, VESA DisplayHDR 600 sertifikati, IPS Black Panel texnologiyasi va 2000:1 kontrast nisbati. Monitorning 5K  o‘rniga WQHD (2560×1440 piksel) o‘lchamli 34 dyuymli versiyasi ham mavjud bo‘ladi.

UltraSharp 40 Curved Thunderbolt Hub modeli 2400 dollarga baholanadi, 34 dyuymli versiya uchun esa 1020 dollardan to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Har ikkala yangi model ham 27 fevraldan butun dunyo bo‘ylab sotuvga chiqariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring