Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dell kompaniyasining Turkiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha Vitse prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazildi

Dell kompaniyasining Turkiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha Vitse prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Dell kompaniyasining Turkiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha Vitse prezidenti Isil Hasdemir bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Dell kompaniyaning nafaqat uskunalar, bundan tashqari, dasturiy yechimlar ishlab chiqaruvchisi ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuv chog‘ida kompaniyasining zamonaviy dasturlash tizimlari talabiga javob beradigan hamda yuqori texnologik kompyuterlari bilan ta’minlash orqali O‘zbekiston yoshlari uchun AQSh bozoriga masofaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi, yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.  

Shu bilan birga, uchrashuvda Dell sun’iy intellektga urg‘u berilgan vorkshop tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Natijada, Dell texnik xodimlar bilan birgalikda, klasterlar va ma’lumotlarni saqlash tizimlarining texnik parametrlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring