Kompyuter va smartfonlar uchun klassik yozuv mashinkalari uslubidagi noodatiy klaviatura taqdim etildi

Fineday hozirda Kickstarter da Bluetooth 5.0 orqali Windows yoki Mac kompyuterlariga, shuningdek iOS yoki Android planshet yoki smartfoniga simsiz ulanishi mumkin bo‘lgan klaviaturani ishga tushirish uchun mablag‘ yig‘moqda. Mobil qurilmalar klassik yozuv mashinkalari uslubida ishlab chiqarilgan klaviaturada qog‘oz varag‘i kabi o‘rnatilishi mumkin.
Klaviatura simli ham bo‘lishi mumkin. Agar u Bluetooth orqali ishlasa, qurilma quvvat manbai sifatida ikkita AA batareyasi kerak bo‘ladi - batareyaning ishlash muddati haqida hech narsa aytilmagan.
Dastlabki xaridorlar qurilmani 655 dollarga sotib olishlari mumkin. Asl narxi 1100 dollarni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter