Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyada jahondagi eng yirik yarimo‘tkazgichlar klasteri quriladi

Janubiy Koreyada jahondagi eng yirik yarimo‘tkazgichlar klasteri quriladi

Foto: Samsung Electronics

Samsung Electronics yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda yetakchilardan sanaladi, biroq bozor doimiy taraqqiyot va investitsiyalar kiritishni talab qiladi, shundan kelib chiqib, Janubiy Koreya hukumati asrimiz o‘rtalariga borib mahalliy kompaniyalar ishtirokida mamlakat hududida chiplar chiqarishga ixtisoslashgan yirik klasterni qurishni rejalashtirgan.

Shu maqsadlar yo‘lida Samsung Electronics va SK hynix singari yirik sarmoyadorlar 2047-yilgacha mahalliy yarimo‘tkazgichlar sohasiga hozirgi kurs bo‘yicha $471 mlrd investitsiya kiritishni mo‘ljallamoqda. Koreyada hozir yarimo‘tkazgichlarga ixtisoslashgan 21 ta kompaniya bor, ularning yoniga 13 ta yangi kompaniya va uchta tadqiqot markazi qo‘shiladi. Pxyontxekdan Yon’ingacha hududlarni egallagan ushbu sanoat klasteri 2030-yilga borib har oyda 7,7 mln.tagacha kremniy plastinalar chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.

Janubiy Koreya eksportida yarimo‘tkazgichlarning ulushi 16 foizni tashkil etadi, shu bois mamlakat hukumati sohani yanada rivojlantirishdan manfaatdor. Janubiy Koreya hukumati mahalliy kompaniyalarga bevosita subsidiyalar bilan yordamlashmasa-da, ularga soliq bo‘yicha imtiyozlar bermoqchi. Samsung Electronics mamlakat hududida joylashgan o‘z korxonalarini rivojlantirishga 2047-yilgacha qadar $378 mlrd, SK hynix esa $92 mlrd sarmoya kiritadi.

Jahondagi eng yirik klasterni barpo etish yo‘lida Janubiy Koreya 2030-yilga qadar jahon bozoridagi ulushini hozirgi 3 foizdan 10 foizga yetkazishni rejalashtirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring