iPhone 15 yetti xil rangda sotuvga chiqarmish...

Phonearena portali professional dizayner bilan hamkorlikda iPhone 15 smartfonlarining barcha ranglari aks etgan suratni chop etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ular birdaniga yettita rangda taqdim etiladi. Pro versiyalari uchun esa ikki xil eksklyuziv rang tanlangan.
Nashrning yozishicha, tarkibdagi klassik ranglardan faqat oq, qora va qizil qoladi. Bundan tashqari, yangi variantlar sifatida ko‘k, pushti, to‘q qizil va tillaranglarda ham taqdim etiladi.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Apple mazkur tasvirlar orqali bu ranglardan voz kechganiga ishora qilmoqda.
E’tiborlisi shundaki, renderlarda iPhone 15 Pro Max yoki Ultraning bo‘yalmagan titan ramkali versiyasi ko‘rsatilmagan.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqda bunday ko‘rinish iPhonening eng qimmat versiyasiga xos xususiyat bo‘lishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter