Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Instagram”da berilgan va’da havoga uchdi

“Instagram”da berilgan va’da havoga uchdi

Foto: Cyber_102

Namangan viloyatining Davlatobod tumanida yashovchi 29 yoshli E.X. IIOga murojaat etdi. Ma’lum qilishicha, bank kartasidan 8.190.000 so‘m noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumanida yashovchi 27 yoshli Yu.D. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko‘ra, Yu.D., jabrlanuvchi E.X. bilan “Instagram” ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishib, unga Kriptovalyuta savdosi bilan bilan shug‘ullanishini ma’lum qilgan holda, aldov yo‘li bilan 8.190.000 miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olgandan so‘ng, kelishilgan kriptovalyutalarni o‘tkazib bermaganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Yu.D.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring