Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh olimlari kvant kompyuterni odam kabi fikrlashga o‘rgatishmoqchi

AQSh olimlari kvant kompyuterni odam kabi fikrlashga o‘rgatishmoqchi

Foto: Pinterest

Kaliforniya universiteti olimlari IonQ kompaniyasi bilan hamkorlikda kvant sxemalarida insonning aqliy faoliyatiga taqlid qilishni yo‘lga qo‘yishdi. Yakuniy maqsad odamlarning qaror qabul qilish jarayonlarini aniq takrorlovchi sun’iy intellektning paydo bo‘lishiga erishish, deb yozdi The Quantum Insider.

Inson tafakkuri qanday ishlashi to‘laqonli o‘rganilmagan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u kvant ehtimollari qonunlariga asoslangan bo‘lishi mumkin. Shundan kelib chiqib, olimlar tegishli modellarni kvant kompyuterlarida kodlashga qaror qilishdi.

“Insonning qarorlar qabul qilish jarayonlarini simulyasiya qiladigan kvant kompyuterlarini yaratishda generativ sun’iy intellektni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Bu ishlanma yuqori haqqoniylikka ega hamda ijodiy yondashuvchi murakkab va nozik sun’iy intellekt tizimlarini yaratishga imkon beradi”, — dedi IonQ bosh direktori Piter Chepmen.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring