Infinix kompaniyasi BMW muxlislari uchun smartfon chiqardi

Xitoyning Infinix kompaniyasi Note 30 VIP Racing Edition smartfonini chiqardi.
Yangi smartfonning dizayni BMW avtokonserni mutaxassislari bilan hamkorlikda tayyorlangan. Qizil rangli yon romlar va kameralar gardishlari ushbu hamkorlik natijasi. Smartfon korpusi ort qismida BMW lotopida mavjud ko‘k, feruza va qizil ranglardagi chiziqlar tortilgan.
Note 30 VIP Racing Edition smartfonining 6,67 dyuymli OLED-ekrani FHD+ yechimga ega bo‘lib, yangilanish chastotasi 120 Gs. Dimensity 8050 protsessori o‘rnatilgan, 12 Gb operativ, 256 Gb ichki xotiraga ega.
Akkumulyatori sig‘imi — 5 000 mAs, simli (68 Vt) va simsiz (50 Vt) quvatlagichlar bilan ta’minlangan.
Smartfonning narxi — 315 dollar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter